Jamoat transportlarida "Davlat tili toʼgʼrisida"gi Qonun talablari bajarilishi boʼyicha oʼrganishlar oʼtkazildi.

Boshqarma xodimlari tomonidan jamoat transportlarida Oʼzbekiston Respublikasining "Davlat tili toʼgʼrisida"gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha nazorat va profilaktik targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.
Tadbirlar davomida haydovchilarga peshlavhalarni Davlat tili normalariga mos ravishda tayyorlash toʼgʼrisida tavsiyalar berildi.