“Transport sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda

16.06.2022

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Transport sohasida innovatsion texnologiyalar haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, Toshkent davlat transport universiteti, “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” UK, “ATTO” MChJ, “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi innovatsion g‘oya va ishlanmalari, innovatsion mahsulotlar hamda drayver loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Haftalikni innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova va Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov ochib berdi.

Tadibirda soha mutaxassislari tomonidan mamlakatimiz transport tarmoqlarida joriy etilayotgan innovatsion loyihalar, transport tizimida qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Qolaversa, mazkur haftalik doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada transport sohasidagi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Mazkur haftalik tadbirlari joriy yilning 17-iyun kuniga qadar davom etadi.