Xalqaro hamkorlik

21.06.2022

20-iyun kuni Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Yaponiyaning “Pacific Consultants Co.,Ltd” konsalting kompaniyasi katta menejeri Akifumi Nishishata bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida “Pacific Consultants Co.,Ltd” kompaniyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekistonning sanoat tarmoqlarida, shu jumladan, transport sohasida zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarga o‘tish hamda uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha boshlangan tadqiqot ishlari jarayonidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Mazkur tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad energiya almashinuviga o‘tish va uglerod neytralligiga erishish jarayonini jadallashtirish yuzasidan loyiha va Yaponiya tajribasi asosida hamkorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir.

Yaponiya tomoni tadqiqot ishlari doirasida jamoat transporti, temir yo‘l transporti va aviatsiya sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar berish hamda ko‘mak ko‘rsatishni ta’kilab o‘tdi.

Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov ushbu masalada o‘zaro tajriba almashish, energiya samaradorlikka erishish jarayonida qo‘llanilayotgan zam

onaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishish yuzasidan hamkorlikda o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab olindi.