Litsenziya 10 kunga toʼxtatib turiladi.

23.06.2022

Oʼzbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʼgʼrisida"gi Qonuni va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Аvtomobil transportida yoʼlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek yuklarni xalqaro yoʼnalishlar boʼyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi qaroriga asosan Jondor tumanida yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanuvchi "Buxoro logistik trans" masʼuliyati cheklangan jamiyatida avtomobilь transporti sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda litsenziya talablari va shartlarining buzilishiga yoʼl qoʼyilganligi uchun ushbu korxonaga 2021 yil 24 fevral kuni cheklanmagan muddatga berilgan, АT 2009212 raqamli, yoʼlovchilarni yengil avtomobillarda shahar, shahar atrofi va shaharlararo yoʼnalishlarda tashish huquqini beruvchi litsenziya 10 kun muddatga toʼxtatib turiladi.

Litsenziatga korxona faoliyatida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni 7 ish kuni ichida bartaraf etish majburiyati yuklatiladi.