Xalqaro hamkorlik

23.06.2022

22 iyun kuni Transport vaziri oʼrinbosari Аbdusamat Moʼminov Janubiy Koreyaning “Hyundai Engineering & Construction Co.,Ltd.” kompaniyasi Rossiya va MDH davlatlari boʼyicha mintaqaviy direktori Djang Xan Gyu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport hamda yoʼl xoʼjaligi sohasida oʼzaro hamkorlikda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama etishdi.

Xususan, Koreya tomoni davlat xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan pullik avtomobilь yoʼllarini qurish loyihasida ishtirok etishga qiziqish bildirayotganligini maʼlum qildi.

Shu munosabat bilan Djang Xan Gyu ushbu yoʼnalishdagi loyihalar yuzasidan maʼlumotlar almashish, koreyalik mutaxassislar tomonidan oʼz takliflarini tayyorlashda amaliy yordam soʼradi.

Tomonlar uchrashuvda koʼtarilgan masalalar yuzasidan oʼzaro hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga, shuningdek, tez orada bevosita kompaniya rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etishga kelishib olishdi.