Аvtobuslardagi mavjud panduslarning holati oʼrganildi

05.07.2022

Imkoniyati cheklangan yoʼlovchilarning shahar jamoat transportlarida erkin harakatlanishini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar ichi yoʼnalishlarida faoliyat koʼrsatayotgan avtobuslardagi mavjud panduslarning holati oʼrganildi.

Oʼrganish davomida haydovchilarning panduslarni ishlatish boʼyicha koʼnikmalari sinovdan oʼtkazildi, panduslarning sozligi koʼzdan kechirildi.

Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi avtotransport korxonalari rahbarlariga tegishli koʼrsatmalar berildi.