Viloyatdagi avtomobil transportida yoʼlovchi va yuk tashish bilan shugʼullanuvchi avtotransport korxonalari rahbarlari DIQQАTIGА!

06.07.2022

Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligiga asosan yoʼlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi yuridik shaxslar xodimlarining bilimi, malaka darajasi va kasbiy mahorati malaka talablariga muvofiqligi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dastur boʼyicha ushbu xodimlarning kamida har uch yilda bir marta oʼz malakasini oshirganligi toʼgʼrisida berilgan malaka sertifikatiga muvofiq aniqlanishi hamda malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud boʼlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib korxonangizda mavjud malaka sertifikatlarini Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligi qoshidagi Avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida ((71)231-12-67; +99895-169-44-43; (95)196-44-43. Faks/tel: (71)231-12-68) roʼyxatdan oʼtkazish yoki oʼz xodimlaringizni malaka sertifikati bilan taʼminlashingiz soʼraladi.
Eslatma: Transport vazirligi tomonidan joriy yilning 11 iyul kunidan malaka sertifikatiga ega xodimi mavjud boʼlmagan va sertifikatining amal qilish muddati tugagan yuridik shaxslar tomonidan litsenziya va litsenziya varaqalarini rasmiylashtirib olish imkoniyatlari tizim orqali cheklanishini bildiramiz.