Fransiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.07.2022

6 - iyul kuni Transport vazirligida Fransiyaning “Alstom”, “Airbus”, “Egis”, “Poma”, “Meridiam”, “Axelcium”, “Dassault Aviation”, “Thales” kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov mamlakatimiz transport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ushbu jarayonda Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tomonlar fuqaro aviatsiyasi, shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish, oliy ta’lim (fuqaro aviatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlash) yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda muhokama etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha fransiyalik ishbilarmonlar bilan kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.