DIQQAT E'LON!!!

08.07.2022

Yurtimizda joriy yilning 9 iyul kuni Qurbon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan fuqarolarga qulaylik yaratish hamda masjidlarga boruvchilar uchun bayram kuni jamoat transportlarining harakati odatdagidan 1 soat oldin tashkil etilishi belgilandi.
Hayit munosabati bilan dam olish kunlari deb eʼlon qilingan 10, 11 va 12 iyul kunlarida esa jamoat transportlari harakati quyidagicha tashkil etiladi. Bunga koʼra,

2022 yil 10 iyul, yakshanba – odatiy dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2022 yil 11 iyul, dushanba - qoʼshimcha dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2021 yil 12 iyul, seshanba - qoʼshimcha dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.


Barchangizga kirib kelayotgan Qurbon Hayiti muborak boʼlsin !