Rossiya Federatsiyasiga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda

18.07.2022

2022 - yil 18 - iyuldan Rossiya Federatsiyasining Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.

Mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MChJ korxonasining Yutong rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi.

18 iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yo‘nalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi 1 000 000 so‘m;

Toshkent–Qozon yo‘nalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 800 000 so‘m;

Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 1 250 000 so‘m.