Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovlari qayta tiklandi

03.08.2022

2022 - yil 1 - avgustdan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahriga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklandi.

Mazkur yo‘nalishda “Yulduz-SX” xususiy korxonasi o‘zining “Yutong” rusumli avtobuslarida qatnovlarni amalga oshiradi.

Toshkent – Novosibirsk yo‘nalishida qatnovlar haftaning har dushanba kuni bajariladi. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 14:00 da harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi 803 000 so‘m etib belgilangan.

Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishida qatnovlar haftaning har juma kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Toshkent tomon yo‘lga chiqadi.