"Uzbekistan Airways" АJ vakillari tomonidan viloyatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

06.08.2022

Bugun, 6 avgust kuni "Uzbekistan Airways" АJ vakillari tomonidan viloyatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarni murojaatlari tinglanib, murojaatlarda koʼtarilgan muammolarning hal etish boʼyicha tegishli choralar belgilandi. Bundan tashkari kompaniya tomonidan kelgusida Buxoro xalqaro aeroporti orqali yoʼlga qoʼyilishi rejalashtirilgan xalqaro aviaqatnovlar hamda yigʼilganlarni qiziqtirgan boshqa mavzular yuzasidan maʼlumotlar berildi.