Boshqarmaga joriy yilning oʼtgan davrida kelib tushgan 482 ta murojaatning 269 tasi qanoatlantirilgan.

23.08.2022

Soʼngi yillarda barcha sohalarda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni oʼz vaqtida hal etishning aniq mexanizmlari joriy etildi.

Bu borada boshqarmaga kelib tushayotgan barcha murojaatlar joyiga chiqqan holda shaxsan murojaatchi ishtirokida o'rganish tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lib, murojaatlarda koʼtarilgan masalalarni ijobiy hal etish choralari koʼrilmoqda. 

Raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, boshqarmaga joriy yilning 20 avgust kuniga qadar jami 482 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, ushbu murojaatlarning 269 tasi ijobiy jihatdan hal etildi. Murojaatlarning 168 tasi yozma, 260 tasi elektron va 54 tasi ogʼzaki kelib tushgan. Hozirgi kunda 36 ta murojaat boʼyicha oʼrganishlar davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari joylarda aholi vakillari bilan profilaktik tushuntirishlar o'tkazilib, targʼibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.


Аsosiy maqsad, xalqqa sifatli transport xizmati ko'rsatib, xalqimizni ko'rsatilayotgan xizmatlardan rozi qilishdan iborat.