DIQQAT TENDER!!!

2022-yil 13-oktabr soat 17-00 da viloyatdagi yo'lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI. Tenderga quyidagi lotlar chiqarilgan.
201—Koʼchkoʼmar MFY-Karvon buyum bozori
214—Olot bekati-Paxtakor MFY
215—Olot bekati-Qorakoʼl avtostantsiyasi
227—Olot bekati-Zarafshon MFY
229—Olot bekati-Guliston MFY
248—Olot bekati-Oʼzbekiston
295—Vobkent avtostantsiyasi-Nurafshon
252—Madaniyat bosh bekati-Qoʼrgʼon
297—Vobkent avtostantsiyasi-Chitgaron
311—Qorakoʼl bozori-Qorakoʼl stantsiya
313—Olot bekati-Baxoriston
314—Olot bekati-Denov
317—Romitan bosh bekati-Tagʼore
323—Qorakoʼl avtostantsiyasi-Bojxona
329—Romitan bosh bekati-Qahramon MFY
333—Vobkent avtostantsiyasi-Xargoʼsh
336—Qorakoʼl bozori-Sher Saxiy buyum bozori
337—Olot bekati-Bogʼishamol
338—Gala Osiyo-Peshku bekati
342—Olot bekati-Аrabxona Xalifa MFY
348—Xoʼjaubbon-Buxoro avtovokzali
355—Buxoro avtovokzali-Romitan bosh bekati
356—Buxoro avtovokzali-Gala Osiyo Sh/X
357—Vobkent avtostantsiyasi-S.Yodgorov
359—Buxoro avtovokzali-Vobkent avtostantsiyasi
363—Markaziy bozor-Qavola Mahmud
364—Toʼqimachi bosh bekati-Losha
365—Toʼqimachi bosh bekati-Bogʼidasht
366—Chorbakr bosh bekati-F.Аʼloev
368—Markaziy bozor-Bogʼi kalon MFY
369—Buxoro avtovokzali-Xargoʼsh
374—Madaniyat bosh bekati-Qoʼrgʼon
375—Toʼqimachi bosh bekati-Xumin
376—Xayrabotcha-Gʼijduvon avtostantsiyasi
384—Buxoro-Yangiobod q.
394—Romitan bosh bekati-Gʼijduvon avtostantsiyasi
399—Vobkent avtostantsiyasi-Rozmoz
400—Vobkent avtostantsiyasi-Zarbdor
401—Vobkent avtostantsiyasi-Soʼfidehqon
406—Toʼqimachi bosh bekati-Oʼrta rabot
408—Buxoro avtovokzali-Imom Qozixon MFY
417—Romitan bosh bekati-Ekologiya kasb-hunar kolleji
421—Romitan bosh bekati-Qoʼrgʼon
437—Madaniyat bosh bekati-Yangi Turmush
450—Buxoro avtovokzali-Decha MFY
456—Madaniyat bosh bekati-Chilongʼu
480—Qorakoʼl avtostantsiyasi-Sayot MFY
501—Karvon buyum bozori-Gazli
502—Chorbakr bosh bekati-Qorakoʼl avtostantsiyasi
504—Buxoro avtovokzali-Qorovulbozor bekati
505—Sharq bosh bekati-Qaralbozor(Doʼstlik)
508—Qorakoʼl avtostantsiyasi-Chorbakr bosh bekati
Viloyatdagi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
-Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida (90 ming so'm) to'lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak. Tender takliflarini yuborish uchun toʼlovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilishi lozim.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.
Malumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(703), 90-635-71-55.