DIQQAT, E’LON! Turizm sohasida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan jismoniy va yuridik shahxslar diqqatiga!

2022-yil 25-oktabr kuni Buxoro shahrida turizm yo‘nalishi bo‘yicha elektron tarzda OCHIQ TЕNDЕR o‘tkaziladi.
Ushbu Ochiq tenderda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha taklif berishingiz mumkin:
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar turizm yo‘nalishi |
|||
1 |
SHA-1 |
“Ark majmuasi-Labi Hovuz” |
Avtobus |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida (90 ming so'm) to'lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak. Tender takliflarini yuborish uchun toʼlovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilishi lozim.
Tender takliflari elektron tarzda belgilangan vaqtgacha topshirilishi ma’lum qilinadi.
Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.
Malumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(703), 90-635-71-55.