Yoʼnalishlarda yoʼl kira narxlarining sunʼiy oshirilishini oldini olish boʼyicha zaruriy choralar koʼrilmoqda.

12.10.2022

Bugun, 12 oktyabr kuni Buxoro viloyati Monopoliyaga qarshi kurarish boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda avtomobilь transportida yoʼnalishlarda yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanuvchi avtokorxonalar rahbarlari ishtirokida yoʼnalishlarda yoʼl kira narxlarini sunʼiy oshirilishini oldini olish boʼyicha yigʼilish oʼtkazildi.

Yig'ilish davomida O'zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonuni talablari asosida isteʼmolchi va tashuvchilarning huquq-majburiyatlari toʼgʼrisida tushuntirishlar berib oʼtildi. Jumladan, tashuvchi isteʼmolchilarni koʼrsatilayotgan yoʼlovchi tashish xizmatining yoʼl kira tariflaridan, qatnov yoʼnalish xaritasi va yoʼnalishdagi ish vaqtidan oldindan xabardor etishi va belgilangan talablar asosida xizmat koʼrsatishi lozimligi tushuntirildi. 

Korxonalar rahbarlariga yoʼnalishlarda belgilangan yoʼl kira narxlarini haydovchilar tomonidan asossiz ravishda oshirilishini oldini olish boʼyicha  doimiy tarzda nazorat olib borish lozimligini tushuntirdi.

Yoʼl kira narxini sunʼiy ravishda oʼzboshimchalik bilan oshirish qonunga xilof ekanligi, Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼsir choralari koʼrilishi toʼgʼrisida tushuntirishlar berib oʼtdi. Shuningdek, yoʼnalishlarda faoliyat koʼrsatib kelayogan avtotransport vositalarining haydovilariga jamiyat rahbariyati tomonidan yoʼlovchilarga nisbatan xushmuomalada boʼlishi, yoʼl kira narxlarini oʼz boshimchalik bilan oshirmasliklari, yoʼl kira narxlarini transport vositalari salonining koʼrinarli joyida ilib qoʼyish bo'yicha koʼrsatma va topshiriqlar berildi.