Shaharlararo yoʼnalishlarda yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi haydovchilar bilan huquqiy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.

28.10.2022

Shaharlararo yoʼnalishlarda yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi haydovchilar bilan huquqiy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi. 

Buxoro avtoshox bekatida oʼtkazilgan tadbirda haydovchilarga avtomobilь transportida yoʼlovchi tashish sohasiga oid normativ-hujjatlar va qonunchilik toʼgʼrisida maʼlumot berildi.

Аvtomobil transportida yoʼlovchi tashishda litsenziya olish tartibi boʼyicha tushuntirishlar olib borildi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi "Аvtotransport vositalarini boshqarishda va yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʼshimcha qulayliklar yaratish toʼgʼrisida"gi 311-son qarori asosida yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda yaratilgan qoʼshimcha qulayliklar toʼgʼrisida tushuncha va tavsiyalar berildi.