Joylarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.

01.11.2022

Avtomobil transportida litsenziya varaqasisiz yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanayotgan haydovchilarni aniqlash, sohada Qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan viloyat boʼylab doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Oʼtkazilayotgan tadbirlardan koʼzlangan asosiy maqsad sohada tartib oʼrnatib, yoʼlovchi tashish xavfsizligini taʼminlashdan iborat.

Tadbirlar davomida haydovchilarga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7- iyuldagi "Аvtotransport vositalarini boshqarishda va yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʼshimcha qulayliklar yaratish toʼgʼrisida"gi PQ №311-sonli qaroriga asosan yengil avtotrsportlarda yoʼlovchi tashish uchun yaratiladigan qulayliklar toʼgʼrisida haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar oʼtkazilib, qarorning mazmun-mohiyati boʼyicha tushuntirishlar berilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Аvtomobilь transportida litsenziyasiz yoʼlovchi tashish qonun talablariga zid ekanligini unutmang!