Faxriylar hamisha eʼzozda!

01.11.2022

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oila va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek, yosh avlodni xalqimizning koʼp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga oid islohotlar izchil davom etmoqda. Darhaqiqat faxriylar bugun biz uchun chinakam maʼnoda ustoz, ibrat maktabidir.

Buxoro viloyati Transport boshqarmasi tashabbusi bilan transport sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, ayni damda yuzlab shogirdlari erishayotgan yutuqlardan quvonchga toʼlib, keksalik gashtini surayotganbir guruh faxriy ustozlarga ehtirom koʼrsatildi.

Bir piyola choy ustida kechgan samimiy suhbat jarayonida ustozlar oʼzlarining uzoq yillik mexnat faoliyati, hayotiy tajribalari, bilan oʼrtoqlashdi.

Yurtboshimiz tomonidan biz keksa ustozlarga koʼplab eʼtibor va gʼamxoʼrliklar koʼrsatilayotganligidan behad shodmiz deydi, – biz bilan suhbatda ustoz Shavkat Karimov.