Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

24.11.2022

Аvval xabar berilganidek, Buxoro shahar jamoat transportini optimallashtirish va jamoat transportlari harakatini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobilь ilova ishlab chiqish ishlari bilan shugʼullanayotgan Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Erkin Farmanov hozirgi kunda oʼz tadqiqotlarini Vengriyada davom ettirmoqda.

E.Farmanov tomonidan Buxoro shahar jamoat transportini optimallashtirish loyihasini ishlab chiqish doirasida bir nechta xalqaro loyihalar asoschisi rossiyalik mashhur grafik dizayner Konstantin Konovalov va uning jamoasi bilan Buxoro transport xaritasi masalasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvdan koʼzlangan maqsad, Buxoroda jamoat transporti yoʼnalishlarini optimallashtirish, transport faoliyatini raqamlashtirish, ushbu sohani tez va sifatli xizmat koʼrsatadigan sohaga aylantirishga qaratilgan boʼlib, hozir kunda Buxoro jamoat transport xaritasining dastlabki koʼrishi, ushbu xaritaning aholiga afzallik jihati, muammo va istiqbolli rejalari toʼgʼrisida suhbat olib borildi.

Maʼlumot oʼrnida Konstantin Konovalov, hozirgi kungacha Moskva, Parij va Tel-Aviv shaharlarining jamoat transport xaritasi asoschisi boʼlib, 10 dan ortiq xorijiy loyihalarni amalga oshirgan. Hozirgi kunda "Moskva-2030" raqamli transport xaritasi ustida ish olib bormoqda.