9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni.

09.12.2022

Ushbu sana munosabati bilan boshqarmada “Korruptsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Viloyat Transport boshqarmasi hamda viloyat Adliyaboshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrsida soʼz bordi.

Tadbirda boshqarma yuriskonsulti Bahodir Muxamedov boshqarma tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va unga chek qoʼyishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida toʼxtalib oʼtdi.