Xalqaro hamkorlik

13.12.2022

Singapurda xizmat safari bilan bo'lib turgan Oʼzbekiston Respublikasi transport vaziri oʼrinbosari Аbdusamat Moʼminov Singapur transport vaziri oʼrinbosari Emi Xard bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport, logistika va tranzit sohalarida oʼzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etildi.

Xususan, transport sohasini raqamlashtirish jarayonlariga zamonaviy Singapur texnologiyalarini jalb etish yuzasidan fikr almashildi. А.Moʼminov Singapur tomoniga Oʼzbekistonda jamoat transporti sohasini rivojlantirish boʼyicha loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi.

Shuningdek, transport sohasida faoliyat yurituvchi oʼzbekistonlik mutaxassislarni Singapurda qisqa muddatli oʼquv kurslarida oʼqitishni tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning belgilangan yoʼnalishlari boʼyicha 2023 yilning yanvarь oyida ikki vazirlik oʼrtasida oʼzaro anglashuv memorandumini imzolash boʼyicha kelishuvga erishdi.