Xalqaro_hamkorlik

20.12.2022

19 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Qozogʼiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Аtamkulov bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz oʼrtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish boʼyicha hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, transportning barcha turlari orqali yuk va yoʼlovchi tashuvlari hajmini oshirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarning mamlakatlarimiz turli hududlariga tashrif buyurishlari uchun yanada qulay boʼlagan sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yoʼnalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.