O‘zbekiston va Singapur transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

16.01.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Maxkamov Singapur Respublikasi Transport vaziri S.Isvaran bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

 Xususan, tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport - logistika markazlarini qurish, shuningdek, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.

 Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Singapur Respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida Bitim imzolandi.

 Bitimga ko‘ra tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.