Yoʼlovchi tashuvchi haydovchilar bilan yoʼllarda ehtiyotkorlikni oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

21.01.2023

Boshqarma xodimlari tomonidan tashkil etilgan targʼibot tadbirlari davomida haydovchilarga yoʼlovchi tashish uchun amaldagi tartibga rioya qilgan holda harakatlanish boʼyicha tushuntirishlar hamda yoʼnalishlarda yoʼl kira narxlarini sunʼiy oshirmaslik yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berildi.


Shu bilan birga yurtimizda hukm surayotgan hozirgi sovuq ob-havo sharoitida jamoat transporti, ayniqsa, avtobuslar qatnovi muntazamligini taʼminlash, yoʼlovchilarni oʼz manzillariga xavfsiz yetkazib qoʼyish boʼyicha zarur choralari koʼrilmoqda.
Yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilgʼi bilan taʼminlanib, erta tongdan oʼz yoʼnalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.


20 yanvar kuni viloyat boʼyicha yoʼnalishlarga 284 ta avtobus va 81 ta mikroavtobus chiqarildi.