Boshqarmada 8-mart munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi.

07.03.2023

Bugun boshqarmada 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig'i Faxriddin Rajabov boshqarmada mehnat qilayotgan ayollarni bahor va go’zallik bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatlarida omad va oilaviy xotirjamlik tilagan holda amlakatimiz iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan transport tizimida bugun bir qancha ayollar samarali mehnat qilib kelayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Fursatdan foydalanib, boshqarma jamoasi yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni, shu jumladan, yoʼlovchi tashish sohasida javlon urayotgan ayollarni bayram bilan muborakbod etamiz. Sizlarni ayollik latofati, nafosati, goʼzallik aslo tark etmasligini tilaymiz.