O'zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi 819-sonli Qonuni qabul qilindi.

14.04.2023

2023-yil 27-fevralda O'zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to'g'risida"gi 819-sonli Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish va qoʼllash, muvofiqlikni baholash hamda davlat nazoratini amalga oshirish chogʼida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi:
sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi choralar;
buxgalteriya hisobi standartlari;
qimmatli qogʼozlar emissiyasi standartlari va qimmatli qogʼozlar emissiyasi risolalari, baholash faoliyati standartlari;
tibbiy yordam standartlari;
davlat taʼlim standartlari bilan bogʼliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Аgar Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʼzbekiston Respublikasining texnik jihatdan tartibga solish toʼgʼrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʼlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʼllaniladi.