DIQQAT E'LON

20.04.2023

Ertaga, 21 aprel kuni yurtimizda Ramazon hayiti eʼlon qilinishi munosabati bilan, viloyat boʼylab masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini koʼrsatish maqsadida Masjidlar orqali harakatlanuvchi barcha yoʼlovchi tashish yoʼnalishlarida qatnovlar tashkil etiladi.

Mazkur yoʼnalishlarda transportlar soat 04:00 dan boshlab harakatlangan holda fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat koʼrsatadi.

Ramazon hayiti namoziga tashrif buyurishda ushbu transportlardan foydalanishingiz mumkinligini bildiramiz.