Аvtobus sotib olish istagida boʼlgan tadbirkorlarga amaliy koʼmak koʼrsatilmoqda.

17.05.2023

Bugun, 17-may kuni boshqarmada avtobus sotib olish istagida boʼlgan tadbirkorlar uchun Xitoy Xalq Respublikasining KING LONG kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda, "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-59-son qarorga asosan avtobuslar sotib olishni tashkil etish borasida soʼz yuritildi.

Yigʼilganlarga KING LONG kompaniyasida ishlab chiqariladigan avtobus va mikroavtobuslar, ularning imkoniyatlari toʼgʼrisida koʼrgazmali vositalar yordamida tushuntirshalr berildi.

Аvtobus xarid qilishga talabgor boʼlgan tadbirkorlar tomonidan zavod bilan shartnoma imzolash boʼyicha kelishuvlarga erishildi.