ZHONG TONG kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

30.05.2023

25- may kuni “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qaroriga koʼra avtobus sotib olishni tashkil etish boʼyicha Xitoy Xalq Respublikasining "Zhongtong Bus" kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda viloyat Transport boshqarmasi, TIF Milliy bank viloyat boshqarmasi hamda tashabbuskor tadbirkorlar ishtirok etdi.

Dastlab yigʼilganlarga "Zhongtong Bus" kompaniyasi hamda kompaniyada ishlab chiqariladigan avtobus va mikroavtobuslar, ularning imkoniyatlari, texnik xarakteristikasi toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Jumladan, yigʼilganlar 8,5-9,5 metr uzunlikdagi shaharda yoʼlovchi tashishga muoʼljallangan LCK6859HC-CNG rusumli avtobuslar boʼyicha oʼz qiziqishlarini bildirdi. Rasmiy vakillar tomonidan ushbu avtobus toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Tomonlar avtobus sotib olish uchun oʼzaro shartnoma imzolash boʼyicha kelishuvlarga erishdi. Ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatish va zavod mahsulotlari bilan yaqindan tanishish uchun zavodga tashrif buyurish mumkinligi bildirildi.

Tadbir soʼnggida korxona rahbarlari bu borada oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Maʼlumot oʼrnida, "Zhongtong Bus" kompaniyasi Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. 1958 yilda tashkil etilgan kompaniya 1971 yildan boshlab avtobus ishlab chiqarishni boshlagan. Kompaniya hozirga kelib mashinasozlik, yoʼlovchi tashish transporti (avtobus, mikroavtobus), qishloq xoʼjaligi va dengiz transporti uchun ehtiyot qismlar, dvigatellar ishlab chiqarish kabi keng koʼlamli faoliyatni olib boradi. Umumiy maydoni 650 ming kv/metrni tashkil etib, yiliga 30.000 ta avtobus ishlab chiqarish quvvatiga ega.