“Xavfli yuk” axborot tizimi ishga tushdi

21.08.2023

Respublika hududidan tranzit o‘tuvchi xavfli toifaga kiritilgan yuklarga ruxsatnoma berish jarayoni raqamlashtirildi. Transport vazirligi tomonidan “Xavfli yuk” axborot tizimi ishlab chiqildi. 

Natijada xavfli yuklarni tranzit tashish uchun ruxsatnomalarni berish an’anaviy ko‘rinishdan elektron shaklga o‘tkazildi. Endilikda tegishli ruxsatnoma talabgorlari mazkur axborot tizimi orqli ariza yuborishlari mumkin.

Tizim orqali arizachi murojaat yo'llagandan so'ng, qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ariza ko'rib chiqiladi va tegishli hulolasar asosida ruxsatnoma tizim tomonidan taqdim etiladi. Taqdim etilgan ruxsatnoma blankasini tizim orqali onlayn yuklab olish mumkin.

Mazkur “Xavfli yuk" axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-fevraldagi 62-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.