Toshkentda avtomobil transportiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tadi

21.08.2023

2023-yilning 11-sentabr kuni poytaxtimizda “Xalqaro avtomobil transporti: barqarorlik va farovonlikni ta'minlash” mavzusida konferensiya bo'lib o'tadi. Tadbir O'zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) hamda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

 

Konferensiyada mintaqaviy bo'g'liqlikni ta’minlashda avtomobil transportida yuk tashuvlar sohasidagi mavjud muammolar, sharq-g'arb va shimol-janub multimodal transport yo'laklar orqali tranzit tashuvlarini rivojlantirish, tijorat transporti va bojxona tartib-qoidalarini raqamlashtirish, sohada professional haydovchilar yetishmasligi bilan bog'liq masalalar va ularning yechimi ko'rib chiqiladi.