Xalqaro avtomobil konferensiyasi o'tkaziladi

04.09.2023

Joriy yil 13–14 sentabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarda «Xalqaro avtomobil transporti: barqaror rivojlanish va farovonlik sari» mavzusida xalqaro konferentsiya o‘tkaziladi.

 

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) va O‘zbekiston xalqaro tashuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.

 

Konferentsiyada 11 ta xalqaro tashkilot, hamda 29 ta mamlakatdan 93 ta xorijiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etadi.