19-xalqaro “Transport va logistika-TransLogistica Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

27.10.2023

Joriy yilning 1-3-noyabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz MKK da 19-xalqaro “Transport va logistika-TransLogistica Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Bu yil 27 mamlakatdan 200 dan ortiq eksponentlar, jumladan, Avstraliya, Ozarbayjon, AQSh, Ruminiya, Turkiya va boshqa mamlakatlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

 Forumda ishtirok etishni xoxlovchilar joriy yilning 26 oktabriga qadar 71-205-14-14 raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.