Boshqarma xodimlari tomonidan yoʼlovchi tashishda xavfsizlik va xizmat sifatini oshirish tadbirlari doirasida profilaktik tushuntirish va nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Boshqarma xodimlari tomonidan yoʼlovchi tashishda xavfsizlik va xizmat sifatini oshirish tadbirlari doirasida profilaktik tushuntirish va nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
Yoʼlovchilarga sifatli transport xizmatini koʼrsatish maqsadida har bir haydovchi bilan alohida suhbatlar olib borilib, yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli koʼrsatmalar berilmoqda.
Jamoat transporti boshqaruvida haydovchilik madaniyatiga rioya qilish, yoʼlovchilari bilan muloqotda samimiy boʼlish, avtobuslarninig ichki va tashqi tomonidan tozaligiga eʼtibor qaratish, ayniqsa yomgʼirli ob-havoda yoʼl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilish muhim ekanligi aytib oʼtilmoqda.