Xalqaro hamkorlik

16.11.2022

15 noyabr kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo infrastrukturasi boʼyicha mintaqaviy direktori Charlьz Kormьe boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Jahon banki koʼmagida mamlakatimiz transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, Jahon banki ishtirokida temir yoʼl va havo transporti sohasini isloh qilish, shuningdek, transport va yoʼl infratuzilmasi sohasida DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.