Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar diqqatiga
Xalqaro avtomobil yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari haydovchilariga quyidagi nazorat o‘tkazish punktlari orqali Turkmaniston hududiga kirish, chiqish va tranzit o‘tishga ruxsat berildi.
“Turkmanboshi xalqaro dengiz porti”, “Ortiq”, “Saraxas”, “Garabogaz”, “Oltin asir”, “Dashoguz”, “Kunyaurgench”, “Farap”, “Imomnazar”, “Serxetabat”.
Xorijiy haydovchilar mamlakat hududiga kirish, chiqish va tranzit o‘tish uchun COVID-19 kasalligiga chalinmaganligi va COVID-19 ga qarshi emlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi lozim.
Nazorat o‘tkazish punktlariga etib kelgan haydovchilar COVID-19 kasalligi bor-yo‘qligini aniqlash uchun ekspress-testdan o‘tkaziladi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra kasallik aniqlanmagan xorijlik haydovchilarga tashuvlarni amalga oshirish uchun Turkmaniston hududiga kirishga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga xorijiy avtotransport vositalari sanitar tozalashdan o‘tkaziladi.