Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi taqdimoti oʼtkazildi.

09.03.2023

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 59-sonli qarorida berilgan topshiriqlar asosida boshqarma tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 7 mart kuni Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi taqdimoti oʼtkazildi. Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va viloyatdagi sohaga masʼul rahbarlar taqdimot bilan tanishtirildi.

Ishlab chiqilgan Bosh rejaga asosan Buxoro shahrida jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga asosiy eʼtibor qaratilib, avtobuslar uchun alohida yoʼlaklarni tashkil etish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, yoʼllardagi mavjud tirbandliklarni oldini olish kabi masalalarning eng samarali yechimlari koʼrsatib oʼtilgan.