Buxoro shahar transport tizimini rivojlantirish modeli muhokama etildi

07.04.2023

Buxoro shahar hokimligida Toshkent davlat transport universiteti professorlari tomonidan ishlab chiqilgan Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi muhokamasi oʼtkazildi.

Muhokamada Transport universtiteti, Transport vazirligi huzuridagi Transport muammolarini oʼrganish markazi, viloyat Transport boshqarmasi va Buxoro shahar hokimligi masʼullari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Buxoro shahar transport tizimini kompleks rivojlantirish kontseptsiyasi ham muhokama etildi.

Loyihada shaharda jamoat transporti jozibadorligini oshirish, samarador yoʼnalishlar tarmogʼini yaratish va shunga oʼxshash koʼplab dolzarb masalalar oʼrin egallagan.