Huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

11.04.2023

Boshqarma xodimlari tomonidan joylarda haydovchilar bilan yoʼlovchi tashishda belgilangan qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda.

Tadbirlar davomida haydovchilarga yoʼlovchilar bilan muomala qilish madaniyati, yoʼl kira narxlarini sunʼiy oshirmaslik, tashishlarni qonunchilikda belgilangan talablar asosida amalga oshirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

Bundan tashqari haydovchilarga 2023 yilning 30 aprelь kuni oʼtkaziladigan Oʼzbekiston Respublikasining Referendumi va Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida tushunchalar berildi.