Toshkentda O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston yangi temir yo'l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisi ochildi

15.05.2023

Joriy yilning 12-may kuni Toshkent shahrida O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston temir yo'l liniyasini qurish loyihasini muvofiqlashtirish ofisining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


Ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili I.Irgashev, O'zbekiston Respublikasi transport vaziri I.Maxkamov, O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi A.Xashimov, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ raisining o'rinbosari A.Kamalov, Pokiston Islom Respublikasi elchisi A.Faruk, Afg'oniston elchisi A.Ilmiy va Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi raisi B.Sharafat ishtirok etishdi.


Shuni ta'kidlash kerakki, loyiha ofisining tashkil etilishidan maqsad, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish va loyihaning amaliy bajarilishini tezlashtirish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishdir.


Tadbir ishtirokchilari loyiha ofisining o'z vaqtida ochilishi, tomonlarning loyihani amalga oshirishni muntazam ravishdan doimiy ravishga jadallashtirish bo'yicha harakatlarini yo‘naltirishni alohida ta'kidladilar.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili I.Irgashev: "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018 - yildan buyon izchil samarali ishlar olib borilmoqda, loyiha ofisining ochilishi esa tomonlarning loyihani amalga oshirishni jadallashtirish borasidagi harakatlarining navbatdagi bosqichidir", – dedi.


– Loyiha qurilishini muvofiqlashtirish uchun to'g'ridan-to'g'ri Toshkent shahrida loyiha ofisining o'z vaqtida ochilishi Markaziy Osiyo mamlakatlarni Pokistonning 230 millionli aholisi bilan bog‘laydi, shuningdek, muqobil raqobatbardosh yo'nalishlarda Arab dengizi havzasi davlatlari bilan o'zaro savdo qilish imkoniyatlarini ochadi. Loyihani amalga oshirish mintaqalarni yuqori rivojlanish darajasiga olib chiqadi, shuningdek, umumiy tarixni hurmat qiladigan xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni tiklaydi", – deya ta'kidladi Pokiston Islom Respublikasi elchisi.


– Toshkent shahrida loyiha ofisining ochilishi tomonlar mutaxassislarining ishini bevosita yuzma-yuz shaklda yanada samarali tashkil etish imkonini beradi, shuningdek, loyihani amalga oshirishda Rossiya va Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyo mamlakatlariga millionlab tonna tabiiy resurslar va boshqa tovarlarni tashish imkoniyati paydo bo'ladi. Shu bilan birga, Afg'oniston tomoni Afg'oniston iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirishga ko'proq e'tibor qaratayotgan O'zbekistonga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, – deya ta'kidladi Afg'oniston temir yo'l boshqarmasi raisi B. Sharafat.


Shu kunlarda, joriy yilning 11–12 - may sanalari, O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston temir yo'l liniyasini qurish loyihasini yanada rivojlantirish bo'yicha navbatdagi uch tomonlama muzokaralar bo'lib o'tdi. Unda tomonlar loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar.


Shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekiston – Afg'oniston – Pokiston temir yo'lini qurish loyihasini sifatli amalga oshirish mazkur yo'nalishdan uzoq vaqtlar davomida foydalanishga imkon beradi va uni asrlar davomida saqlab qoladi.