DIQQAT TENDER!

01.06.2023

2023-yil 10-iyul soat 17-00 da Buxoro viloyatidagi yo'lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI. Tenderga quyidagi lotlar chiqarilgan.

1 387 Gʼijduvon-Qoraxoni
2 388 Gijduvon-S.Аyniy
3 390 Gijduvon-Sho'rcha
4 391 Gijduvon-Rayonobod
5 392 Gijduvon-Chag'dari
6 377 Buxoro-T.Salimov
7 397 Gijduvon-Mazragan
8 407 Peshko' Maxalla-Buxoro АShB-Peshko' Maxalla
9 437 Yangi turmush-Buxoro АShB 
10 438 Kogon bosh bekat-Sil kasalliklari shifoxonasi
11 305 Jondor-Bo'ston
12 504 Buxoro АShB-Qorovulbozor
13 508 Qorako'l-Chorbakr bosh bekati
14 204 Buxoro АShB-Shofirkon
15 37 Moxi Xossa qoʼrgʼoni-5-kichik nohiya
16 101 Kogon bosh bekat-Mashʼal
17 102 Kogon bosh bekat-2 kichik nohiya
18 104 Kogon bosh bekati-Oybek
19 106 Kogon bosh bekati-Xoʼja bargi
20 108  Kogon bosh bekati -Temiryo'l kasalxonasi
21 109 Zirabod Maxalla-Kogon bosh bekat
22 220 Karvon buyum bozori-Qoqishtuvon

Viloyatdagi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq  faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

  -Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak. Tender takliflarini yuborish uchun toʼlovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilishi lozim.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.

 Malumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(703), 90-744-69-60.