DIQQAT E'LON

26.06.2023

28 iyun kuni yurtimizda Qurbon Hayiti eʼlon qilinishi munosabati bilan, viloyat boʼylab masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish hamda Ramazon hayiti bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini koʼrsatish maqsadida masjidlar orqali harakatlanuvchi barcha yoʼlovchi tashish yoʼnalishlarida qatnovlar tashkil etiladi.

Mazkur yoʼnalishlarda transportlar soat 04:00 dan boshlab harakatlangan holda fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat koʼrsatadi.

Bayram munosabati bilan qoʼshimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan 29, 30-iyun, shuningdek, 1, 2-iyulda esa jamoat transporti odatiy jadval asosida harakatlanadi.

Barcha yoʼlovchilardan jamoat transportlari xizmatidan foydalanishlarini tavsiya etamiz.