Buxoro shahar jamoat transporti xaritasi yaratildi.

13.07.2023

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Erkin Farmanov Buxoro shahar jamoat transportini optimallashtirish boʼyicha oʼz tadqiqotlarini Vengriyada davom ettirayotgani toʼgʼrisida avval xabar berilgan edi. Ushbu tadqiqotlar doirasida doktorant tomonidan "Buxoro shahar jamoat transporti" xaritasi yaratildi.

Oʼzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan "Buxoro shahar jamoat transporti" xaritasi (Karta «Obщestvennogo Transporta goroda Buxarы») sanoat namunasiga Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining №SAP 02422 raqami bilan ixtirochilik patenti berildi.