Аvtomobilda xalqaro yoʼnalishlarda yuk tashuvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

04.08.2023

Bugun, 4 avgust kuni viloyatda Аvtomobilda xalqaro yoʼnalishlarda yuk tashuvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Transport vazirligi, viloyat Transport boshqarmasi hamda Oʼzbekiston xalqaro yuk tashuvchilar assosatsiyasi viloyat boʼlimi xodimlari ishtirok etdi.

Seminar-trening tarzida tashkil etilgan uchrashuvda masʼul xodimlar tomonidan avtomobilь transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, milliy tashuvchilarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish masalalari muhokama etildi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 iyuldagi "Аvtomobilda yuk va yoʼlovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"277-sonli qarori asosida milliy tashuvchilarga xorijiy ruxsatnoma blankalarini taqsimlash boʼyicha belgilangan yangi tartib-taomillar toʼgʼrisida tushunchalar berildi.