Diqqat tender

06.11.2023

2023-yil 11-dekabr soat 17-00 da Buxoro viloyatidagi yo'lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI. Tenderga quyidagi lotlar chiqarilgan.

1

353

"Jondor-Buxoro"

Avtobus

2

477

"Kogon bosh bekat-Buxoro AShB"

Avtobus

3

407

Buxoro avtovokzali-Peshko‘ Mahalla

Avtobus

4

501

"Buxoro-Gazli"

 Avtobus

5

1

"Ark majmuasi-Labi Havuz"

Avtobus

6

2

 Viloyat hokimligi-B.Naqshband

Avtobus

7

437

Madaniyat bosh bekati-Yangi Turmush

Avtobus

8

507

"Olot bosh bekati-Chorbakr bosh bekat"

Avtobus

9

209

"Chorbakr bosh bekati-Jondor"

Yo'nalishli taksi

10

266

"Mаdаniyat bosh bekati-Juyzar"

Yo'nalishli taksi

11

337

"Olot bosh bekati-Bog‘ishamol"

Yo'nalishli taksi

12

248

"Olot bosh bekati-O‘zbekiston"

Yo'nalishli taksi

13

329

"Romitan bosh bekati-Qahramon"

Yo'nalishli taksi

14

333

"Vobkent bosh bekati-Xargo‘sh"

Yo'nalishli taksi

15

211

"Asab davo klinikasi-Tuman markaziy polielinikasi"

Yo'nalishli taksi

16

272

"G‘ijduvon-Sarvari"

Yo'nalishli taksi

17

508

"Qorako'l-Chorbakr bosh bekati"

Yo'nalishli taksi

18

320

"Xo‘ja Peshku - Yangibozor"

Yo'nalishli taksi

19

101

Kogon bosh bekat-Mash’al

Yo'nalishli taksi

20

337

"Olot bosh bekati-Bog‘ishamol"

Yo'nalishli taksi

21

248

"Olot bosh bekati-O‘zbekiston"

Yo'nalishli taksi

22

327

G‘ijduvon avtostansiyasi-Kichik nohiya

Yo'nalishli taksi

23

234

"Yangibozor-Yangiobod"

Yo'nalishli taksi

24

226

 B.Naqshband-Markaziy bozor

Yo'nalishli taksi

 

Viloyatdagi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq  faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

  -Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak. Tender takliflarini yuborish uchun toʼlovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilishi lozim.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.

 Malumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(703), 90-744-69-60.