DIQQAT TENDER

14.01.2024

2024-yil 15-fevral soat 17-00 da Buxoro viloyatidagi yo'lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI. Tenderga quyidagi lotlar chiqarilgan.

1 218 Buxoro avtovokzali-Yangi bozor
2 399 Vobkent avtostantsiyasi-Rozmoz
3 354 Qavola Mahmud-Karvon buyum bozori
4 438 Kogon avtostantsiyasi-Sil kasalliklari shifoxonasi
5 365 Toʼqimachi bosh bekati-Bogʼidasht
6 397 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Mazragan
7 210 Buxoro sh.-Janafar
8 400 Vobkent avtostantsiyasi-Zarbdor
9 305 Jondor bekati-Boʼston
10 437 Madaniyat bosh bekati-Yangi Turmush
11 217 G'ijduvon-Mazragan
12 243 Shofirkon bekati-Sh.Rashidov (Vardonze)
13 244 Shofirkon bekati-Iskogare MFY
14 245 Shofirkon bekati-Bogʼiafzal
15 246 Shofirkon bekati-Pashmon
16 297 Vobkent avtostantsiyasi-Chitgaron
17 251 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Chagʼdari
18 253 Shofirkon bekati-А.Navoiy (Yuqsin q-q)
19 254 Shofirkon bekati-Dorigar (Jilvon)
20 255 Shofirkon bekati-Yuqsun q.
21 256 Shofirkon bekati-Ohunboboev (Denav q-q)
22 315 Olot bekati-Navoiy MFY
23 263 Shofirkon bekati-Аrabxona
24 271 Romitan bosh bekati-Decha MFY (Peshku orqali)
25 323 Qorakoʼl avtostantsiyasi-Bojxona
26 326 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Bobur mahallasi
27 338 Gala Osiyo-Peshku bekati
28 360 Madaniyat bosh bekati-Ibn Sino
29 466 Yangi bozor-Gazprom
30 480 Qorakoʼl avtostantsiyasi-Sayot MFY
31 375 Toʼqimachi bosh bekati-Xumin
32 401 Vobkent avtostantsiyasi-Soʼfidehqon
33 502 Chorbakr bosh bekati-Qorakoʼl avtostantsiyasi
34 402 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Soktari
35 505 Sharq bosh bekati-Qorovulbozor(Doʼstlik)
36 341 Turkiston-Peshku bekati
37 346 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Yangibozor
38 347 Vobkent avtostantsiyasi-Yangibozor
39 408 Buxoro avtovokzali-Imom Qozixon MFY
40 409 Yangi bozor-Yangiobod
41 414 Jondor bekati-Qipchoq
42 416 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Mirakon
43 417 Romitan bosh bekati-Ekologiya kasb-hunar kolleji
44 421 Romitan bosh bekati-Qoʼrgʼon
45 511 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Gʼijduvon(Zafarobot)
46 393 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Zarangari
47 426 Shofirkon dehqon bozori-Talisafet
48 394 Romitan bosh bekati-Gʼijduvon avtostantsiyasi
49 428 Gʼijduvon avtostantsiyasi-S.Аyniy muzeyi
50 450 Buxoro avtovokzali-Decha MFY
51 295 Vobkent avtostantsiyasi-Nurafshon
52 485 Olot bekati-Bojxona
53 484 Peshku-aylanma harakat
54 396 Shofirkon bekati-Gʼijduvon avtostantsiyasi
55 403 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Qumoq
56 410 Mahalla-Gʼijduvon avtostantsiyasi
57 420 Yangiobod-Buxoro avtovokzali
58 348 Xoʼjaubbon-Buxoro avtovokzali
59 352 Buxoro avtovokzali-Yangi bozor
60 335 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Kumushkent - Rozmoz
61 393 Gʼijduvon avtostantsiyasi-Zarangari
62 314 Olot bekati-Denov

 

Viloyatdagi shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq  faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

  -Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

-Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e'lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak. Tender takliflarini yuborish uchun toʼlovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul oʼtkazish yoʼli bilan amalga oshirilishi lozim.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: Buxoro viloyati Transport boshqarmasi.

 Malumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(703), 90-744-69-60.