Joriy yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan

16.05.2024

Hozirda respublika bo'ylab 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

2024-yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar, 2023-yil mos davriga nisbatan 15% oshgan.


2024-yil davomida esa 10 ta yangi Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shaxrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar  xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan.