Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

16.05.2024

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portaliga “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 6 bob va 47 moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi quyidagilardan iborat:

 avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar, avtomobil yo‘llari egalari va davlat manfaatlarini ko‘zlab avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tashkil etish va ulardan foydalanish, yo‘l faoliyatini amalga oshirish asoslarini belgilab berish;

 yo‘l xo‘jaligini takomillashtirish;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining xavfsizligini va rivojlanishini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash;

yo‘l faoliyati sohasida ilg‘or texnologiyalar va standartlarni joriy etishni rag‘batlantirish;

yo‘l faoliyatini amalga oshirishda ishlar va (yoki) xizmatlar bozorida samarali va adolatli raqobatni ta’minlash;

magistral yo‘llardan foydalanish va yo‘l harakatini amalga oshirish sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash;

magistral yo‘llarning xalqaro transport tarmog‘iga integratsiyasini ta’minlash.