Transport vazirining birinchi o‘rinbosari fuqarolar qabulini o‘tkazdi
Joriy yilning 13 va 15-may kunlari Transport vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarda jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish, yo‘lovchi tashish sohasida o‘tkazilayotgan tender jarayonlari, xorijiy ruxsatnoma blankalarining elektron tizim orqali tashuvchilarga taqsimlanishi yuzasidan 12 nafar fuqarolardan jami 9 ta masala kelib tushdi.
Qabul jarayonida murojaatlarning 6 tasi qanoatlantirilib, shundan 1 ta murojaat joyida ijobiy hal hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli 3 ta murojaat nazoratga olindi.
Qabul yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga nazoratga olingan har bir murojaatni o‘z vaqtida, qonun doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.